Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Niholoy

Ko‘kka intilgan nihol

O‘smoqdadir bo‘y cho‘zib.

Tuproq unga otadir,

Havo esa onadir.

 

Yon bag‘irlab o‘sganlar –

Unga aka-ukalar,

Turfa xil chaman gullar

Emish opa-singillar.

 

Qushlarga boqar bir zum,

Uchmoq istar niholoy.

Jajji kurtaklarini

Ochmoq istar niholoy.

 

Nozima SAIDQULOVA,

Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot

instituti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.