Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuz

Atrof oltin rangda xuddi olovdek,

Xazonni uchirar sho‘x-shaddod shamol.

Anhorda suv oqar tiniq ziloldek,

Zaminning boshida barglardan ro‘mol.

 

Dala-polizlarda ish ham boshlandi,

Hosillar yig‘ilar birdek tinmasdan.

Gohida bulutning ko‘zi yoshlandi,

Husnin ko‘z-ko‘z qilar kuz erinmasdan.

 

Shahzoda  ARTIKBOYEV,

Toshkent shahar Yangi Hayot tumani

292-maktab 9-sinf 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.