Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yetti pirlar zamini

Ta’rifin bitsam  gar  yetmaydi  qog‘oz,

Yagona, durdona, bittadir o‘zi.

Qancha  maqtov  aytsam,  shuncha  bo‘lur  oz,

Umri  boqiy, abadiy  yorug‘  yuzi.

 

Yetti  piri  asrar  xavf-u  xatardan,

Lol  qoldirar  Minorai  kaloni.

Iymon  nuri  yog‘ilgay  tong  sahardan,

Olloh  ham  siylagaydir  Buxoroni.

 

Labi hovuz, Ark yoki Mohi xossa,

Har birida o‘tmish, tarix mujassam.

O‘ziga mahliyo aylaydi rosa,

Bir olam zavq berar tomosha qilsam.

 

Bu Narshaxiy, Rudakiy yotgan tuproq,

Fayzullo-yu Fitrat yashagan zamin.

Buxoriy-u Ibn Sino qo‘llar har chog‘,

Azim Buxoroning shavkat-u shonin.

 

Bu Sadriddin Ayniylar o‘tgan makon,

Quchog‘ida Somoniy, Ahmad Donish.

Ma’rifatning o‘chog‘idir, ilmga kon,

Buyuk “Shashmaqom”i  barchaga  tanish.

 

Mudom qalbimdasan, aziz Buxorom,

Noming yuragimda jo‘sh urar har on.

Senga chuqur hurmat, cheksiz ehtirom

Ila bir she’r bitdi qizing Mehribon.

 

Mehribon SHODIYEVA,

Buxoro davlat Pedogogika

instituti mustaqil izlanuvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.