- Rukn: Sheʼrlar
- 52 marta ko‘rilgan
Kulcha
Oyim yasadi kulcha,
Lek hali tayyor emas.
Derlar: “Kulcha pishguncha,
O‘ynab, yayrab kel picha.
Shu kulchani sen yeysan,
Ukang bilan bo‘lishib.
“Oyijon, yana”, deysan,
Mazza qilib yeb bo‘lib.
Kulcha ham, albatta, non,
Tandir nonning kichigi.
Isini tuygan inson,
Kelar qayta yegisi.
Nonni aziz bilganning
Vojib bo‘lar tilagi.
Uni isrof qilganning,
Kimga bordir keragi”.
Osiyo BAXTIYOROVA,
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 82-maktab 5-sinf