Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobur Mirzo

Asrlar o‘tsa ham chiqmas yodidan,

Vatan deb ne zotlar kechgan jonidan.

Vatan sog‘inchida shoh Bobur Mirzo,

Shoh asar yaratgan yurak qonidan.

 

Asli Bobur nomi hamda shonini,

Unutmoq osonmas, guvohdir tarix.

O‘lmas asar bitib Andijonini,

Dunyoga madh etdi buyuk muarrix.

 

Samarqand, Buxoro, go‘zal Farg‘ona,

Qobil-u Hindiston, jon ota-ona.

Ko‘rgan-kechirgani birodarlari,

Abadiy joy oldi “Boburnoma”da.

 

Asilabonu O‘ROQOVA,

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 7-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.