- Rukn: Sheʼrlar
- 44 marta ko‘rilgan
Tajriba
Kimyo fani xonasida
Bir kuni ukam bilan
Tajribalar o‘tkazish
Xayolga keldi birdan.
Spirt bilan xlorni
Idishga soldi ukam,
To‘xta, deb aytgunimcha,
Gugurtni yoqdi birdan.
Xona tutunga to‘ldi,
Yuzlarimiz qop-qora.
“Idishning atrofida
Olov yonmoqda, qara!”
Qo‘rqib ketdim, yugurdim,
Ko‘zimni ochdim birdan.
Uxlab qolgan ekanman,
Xayriyat, tushim ekan.
Sarvara SINDARQULOVA,
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 24-maktab 9-sinf