Tilak
“Ona” desam ko‘z o‘ngimda
Nurlanadi yuzingiz.
Qo‘shiq aytsam jarangimda
Ham she’rimda so‘zingiz.
Ona madhin keng jahonga
Ohang bo‘lib yo‘llagum.
Nomingizni sharaf-shonga
Burkamoqdir tilagim.
Farangiz OTAQULOVA,
Samarqand viloyati Ishtixon shahri
1-IDIM o‘quvchisi