Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buvijonim

Buvijonim hali yosh,

Ko‘zida porlar quyosh.

Paypoq to‘qib beradi,

Ertak o‘qib beradi.

 

Bizni erkalar shodon,

Ishga otlanar tongdan.

Kuni bo‘yi kutamiz,

Yo‘liga ko‘z tutamiz.

 

Madina ABDUMO‘MINOVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumani

282-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.