Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan

Tashvishlaringni tuyib,

Quvonchlaringni suyib,

Doim izingdan yurib,

Yashagim kelar, Vatan!

 

Seni onamdek bilib,

Doim so‘zingga kirib,

“Mehr ko‘zda bo‘lar”, deb,

Yashagim kelar, Vatan!

 

Sen mening iftixorim,

Jo‘shar dilda izhorim,

Sening-la birga qadam,

Tashlagim kelar, Vatan!

 

Sevinchxon ABDUSAIDOVA,

Angren shahar 8-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.