Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ko‘rganda yashnaydi dil

Chuchmoma

Binafshaning ortidan

Yo‘lga chiqqan chuchmoma.

Qizg‘aldoq va loladan

Keltiribdi bir noma.

 

Osilgandek qo‘ng‘iroq,

Bo‘ynida oltin munchoq.

Ko‘ylagi och siyohrang,

Go‘zalligiga qarang.

 

Sarvdek qomati adl,

Ko‘rganda yashnaydi dil.

Turibdi yelda o‘ynab,

Bahor qo‘shig‘in kuylab.

 

Ko‘ksidan g‘amni yulib,

Labimdan kulgi toma,

Adirdan keldim terib,

Momo, sizga chuchmoma.

 

Onajonim

Ne deb so‘z aytishga hayron bo‘laman

Mehr istayotgan tashna ko‘nglimga.

Men uchun umrini baxshida qilgan –

Nima qila oldim munis onamga?

 

Tunlar bedor bo‘lib, uyqu bilmagan,

Otash quchog‘idan berolgan mehr.

Kechalar boshimda parvona bo‘lgan

Onam xizmatiga yuguraman zir.

 

Sochim silaydilar erkalash bilan,

Yuzimga urilar iliq bir nafas.

Endi men umrimni etay baxshida

Faqat onajonim kulib yursa, bas.

 

Zulfizar XUDOYQULOVA,

Surxondaryo viloyati Uzun tumani

“Kamolot” YoIH Sardorlar kengashi a’zosi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.