Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Diyorim

Ko‘m-ko‘k adir, viqorli tog‘lar,

Lolazorlar, mevali bog‘lar,

Oyna misol tiniq suvlari –

Irmoqlari ko‘ngilni chog‘lar.

 

Osmon toza, ko‘m-ko‘k, beg‘ubor,

Yellar mehrin etadi izhor.

Oftob havas qilar husniga,

Dunyoda yo‘q bunday gul diyor.

 

Dildora Hasanova,

Navoiy viloyati Karmana tumani

21-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.