Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qor parcha

Misli gulga oʻxshaysan,

Yoqutdek tovlanasan,

Doim uchib yurasan,

Mittigina qor parcha.

 

Ayozdan berib darak,

Qoʻlga qoʻnsang qish demak,

Bundan shodlanmoq kerak,

Mittigina qor parcha.

 

Bolalar sen-la oʻynar,

Ham shodlanar, ham quvnar,

Dildan gʻubor yuvilar,

Mittigina qor parcha.

 

Ziyodulla HAMIDULLAYEV,

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi

185-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.