“Gulxan” bilan birgamiz
Karantin davrida ustozim Aziza Jamolovani juda sogʻindim. Onlayn darslarni televizorda koʻrdim, eshitdim. Lekin ustozimning mehrlarini, shirin soʻzlarini, hatto talabchanliklarini ham sogʻindim. Mana hozir har doimgidek maktabga kelyapmiz. Ustozim darsda gazeta va jurnallardan koʻp foydalanadilar. Biz bu yil ham oʻz nashrlarimizga obuna boʻldik. Sinfdoshlarim Muhtabar, Javohir, Xadicha, Farzona, Burxonxoʻja, Robiya, Umida, Fayoza, Odinalar “Gulxan”ga, qolganlari “Tong yulduzi” gazetasiga obuna boʻldilar.
Endi 2021-yilda ham jurnalni mazza qilib oʻqiymiz. Undagi tengdoshlarimiz va ustozlarimiz ijodi bilan tanishib boramiz. “Mashhurlar bolaligi”, “Buyuk bobolarimiz”, “Tabiat va biz”, “Ertamiz egalari” sahifalaridan oʻqish, tabiatshunoslik, ona tili, rus tili va ingliz tili darslarida foydalanamiz. Quyosh badanimizni toblasa, aqlimizni “Gulxan” toblaydi. Biz har doim sen bilanmiz, “Gulxan”jon.
Farzona BAHODIROVA,
Yunusobod tumanidagi 274-maktabning 3-sinf gʻquvchisi