- Rukn: Sheʼrlar
- 1126 marta ko‘rilgan
Eng yaxshi niyat
Vatan himoyachilariga bagʻishlanadi
Vatan asli ostonadan
Boshlanadi, deydilar.
Vatan nima?
U bir qoʻrgʻon –
Boshpanadir, deydilar.
Uning har bir xizmatiga
Shay turmoqlik – burchimiz.
Himoyaga berilgandir
Bilakdagi kuchimiz.
Siz dunyoga nazar tashlang
Nigohlari savollar.
Bunda qancha gʻalayonlar,
Qancha umri zavollar!
Odamlar bor hali bir bor –
Tinchlik taʼmin totmagan.
Goʻdagini erkalatib,
Osoyishta yotmagan.
Ming shukrki, bizlar ozod,
Turmushimiz farovon.
Musaffodir osmonimiz,
Quyoshimiz charogʻon.
Shu vatanning tinchligini,
Hurligini saqlaylik.
Mehr fazilatlar ichra –
Durligini saqlaylik!
Orif Toʻxtash