- Rukn: Sheʼrlar
- 815 marta ko‘rilgan
“Biz bilan koʻrgin baham...”
Tanbeh
Koʻrsichqonning uyqusini
Buzdi noxush tovushlar.
– Voydod, bas qil, hatto sendek,
Gupirlamas kovushlar.
Hech uxlashga qoʻyasanmi,
Yer tepinar oyogʻing.
Shuncha uzun boʻlsa hamki,
Eshitmaydi qulogʻing.
Maslahat
Koʻpqavatli daraxt uyda
Kun kechirar olmaxon.
Unga havas bilan boqib,
Dedi och tipratikan:
– Derazadan qarab turma,
Foydang tegsin doʻstga ham.
Mevalarni uzib-uzib,
Biz bilan koʻrgin baham.
Naima ANVAROVA,
Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi