- Rukn: Sheʼrlar
- 1369 marta ko‘rilgan
Aytishuv
Aka:
– Oʻqimayman bas,
Kitob kerakmas.
Charchadi koʻzim,
Shu soʻnggi soʻzim.
Singil:
– Hay aka, aka
Boʻlmay kalaka,
Darsni tugating,
Soʻng mayli yoping.
Aka:
– Darsga yoʻq xushim,
Koʻpdir yumushim.
Kutayapti toʻp,
“Meni tepgin”, deb.
Singil:
– Dala, togʻ oshib,
Toʻp ketmas qochib.
Vaqt turmas kutib,
Boʻlmaydi tutib.
Aka:
– Boshim qotirma,
Oʻyga botirma.
Aytma oyimga,
Meni koyima.
Singil:
– Oʻqish burchimiz.
Asl ishimiz.
Oʻyinga shoshmang,
Yoʻldan adashmang.
Aka-singil:
– Ishonchni oqlab,
Kitobni yoqlab,
Oʻqiymiz aʼlo.
Har ishda dono.
Muhabbat HAMIDOVA