- Rukn: Sheʼrlar
- 1169 marta ko‘rilgan
Yangi yil
1.Yangi yil yaxshi-da juda,
Yaxshilik kuyi avjida.
Endi tilim ham burrolashadi,
Boʻyim ham oʻsib, aqlim oshadi.
Naqarot:
Yangi yil!
Yoshimga yosh qoʻshar,
Bayram koʻp boʻlsin.
Yaxshi yil!
Sovgʻalar ulashar
Ayyom koʻp boʻlsin. (2 marta)
2.Yangi yil yaxshi-da juda,
Yaxshilik kuyi avjida.
Oʻsish-ulgʻayish,
Davrim shavqi-da.
Yashaylik yayrab
Mehr mavjida.
Naqarot:
Yangi yil!
Yoshimga yosh qoʻshar,
Bayram koʻp boʻlsin.
Yaxshi yil!
Sovgʻalar ulashar
Ayyom koʻp boʻlsin. (2 marta)
3.Yangi yil yaxshi-da juda,
Yaxshilik kuyi avjida.
Katta boʻlaman,
Orzu ham katta.
Yoshimga loyiq
Boʻlgum, albatta.
Naqarot:
Yangi yil!
Yoshimga yosh qoʻshar,
Bayram koʻp boʻlsin.
Yaxshi yil!
Sovgʻalar ulashar
Ayyom koʻp boʻlsin. (2 marta)
Umida Abduazimova sheʼri,
Jumadulla Nazarov musiqasi