Alplar vatani
Xudo yorlaqagan peshonasini,
Yovlar bosolmagay ostonasini,
Koʻzin qarogʻida asraydi doim,
Ota-onasi-yu dilporasini.
Ular Temurxonga munosib avlod,
Hech zogʻ buzolmagay darvozasini.
Hech narsa ustunmas Vatan mehridan,
Nokasga bermagay dilxonasini.
Bu Vatan – yengilmas alplar Vatani,
Manguberdi kabi mardlar Vatani,
Shamol kabi uchqur, boʻrondek kuchli,
El-yurt uchun fido qalblar Vatani.
Barnoxon ROʻZIYEVA,
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi
28-maktabning 8-sinf oʻquvchisi