Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qalbim bulogʻi

Har tong libosini kiyarkan olam

Zaminga ulashib saxiy nurlarin.

Shafaq beixtiyor oʻzidan kechib,

Gʻunchalar yuzidan terar durlarin.

Yam-yashil oʻtloqdan qamashadi koʻz,

Tanni qizitadi quyosh quchogʻi.

Yangi tuygʻularni kashf etar shu on,

Qaynab toʻlib turgan qalbim bulogʻi.

 

Dilshodaxon ODILJONOVA,

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

8-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.