Ufq
Gʻuborlarga toʻlib ketdi osmonim,
Ufq tomonga negadir talpinyapman.
Xayollarim hatto samoga yetdi,
Quyosh botdi, nurlarga intilyapman.
Ufqqa boqib, xayollarga choʻmaman,
Bu goʻzallik joʻsh uradi qalbimda.
Alvon kenglik aro goʻyo kezaman,
Dil sen uchun hatto kuylar yozmoqda.
Qizgʻish rangli osmon gʻaroyib tusda,
Sham misoli soʻnib boradir...
Quyosh botar shoshmay, ohista,
Yanggi tongga qadam, choradir.
Kumush OMONOVA,
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi 3-maktabning 8-sinf oʻquvchisi