Qish
Osmonlarni toʻldirib asta,
Qorparchalar oʻynab tushmoqda.
Yer yuziga toʻshab oq parcha
Koʻnglimizga zavq ulashmoqda.
Bolalarning koʻzida quvonch,
Bir-biriga oq koptok otar.
Baʼzilari chana tortadi,
Yana kimdir qor uzra yotar.
Goʻzal qishning ajib ziynati
Doʻstlar shodlik koʻz-la boqadi.
Har faslning oʻz tarovati,
Lek qish bizga juda yoqadi.
Kirib keldi yana Yangi yil,
Yangi yildan omad kutamiz
Yurtimiz tinch boʻlsa, albatta,
Orzu-maqsad sari yetamiz.
Nilufar NORQOBILOVA,
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi “Barkamol avlod”
markazi aʼzosi