- Rukn: Sheʼrlar
- 987 marta ko‘rilgan
Jajji askar ahdi
Dilida orzu-maqsad,
Yurtiga sodiq farzand.
Boʻlmoqchi yurt oʻgʻloni,
Kelajakning posboni.
Gʻayrati cheksiz ummon,
Qalbida toza iymon.
Unga baxsh etadi kuch,
Vatan oldidagi burch.
Ota deydi: – “Boʻl omon,
Tinchlikni saqla har on.
Ulgʻaygin askar boʻlib,
Kuch-u quvvatga toʻlib.
Bir soʻzli, oʻktam boʻlgin,
Chin axloqni jam qilgin,
Vataning tinchi uchun,
Farovon erki uchun,
Oʻqi jon-jahding bilan,
Yurakda ahding bilan.
– Otamga qilgum taʼzim,
Mardlikni qilib jazm.
Orzu, istak dilimda,
Maqsad hayot yoʻlida.
Oʻqib-ulgʻayib bir kun,
Xursand qilaman butkul.
Daryo dadajonimni,
Oftob ayajonimni.
Yurtga sodiq boʻlaman,
Jasur zobit boʻlaman.
Oʻtkir DAMINOV,
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi
33-maktab oʻqituvchisi