Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

– Nima uchun ukang yig‘layveradi? – so‘radi Ilhom o‘rtog‘i Zokirdan.

To‘rt tomoni to‘siq qilib o‘ralgan bolalar kravatida yotgan olti oylik ukasiga rahmi kelgan Zokir Ilhomga javob berdi:

– Seni ham unga o‘xshab tishing bo‘lmasa, gapirishni bilmasang, kechgacha mana shu kravatda yotaversang, xuddi shunday yig‘lagan bo‘larding.

 

– Sherzod, kun salqin bo‘lsa, nega buncha ko‘p suv ichayapsan? – ajablandi Dilshod.

– E-e o‘rtoq, olma yegandim, yuvishni unutgan ekanman.

 

Yangi velosiped mingan Erkin qo‘llarini ikki tomonga yozib onasiga maqtandi:

– Oyijon qarang, men velosipedni faqat oyoqlarim bilan boshqaryapman.

– Ehtiyot bo‘l, yana devorga urilib, boshing bilan boshqarmagin, – dedi jahl bilan onasi.

 

– Zohidov, uy vazifalarini yaxshi tayyorlamayapsan, ertaga ota-onangdan birortasi kelib, menga uchrashib ketishsin, – dedi o‘qituvchi.

Zohidov uzoq o‘ylanib turib:

– Demak, buvamni olib kelishim kerak ekan, – dedi.

– Nega endi buvangni? – hayron bo‘ldi o‘qituvchi.

– Chunki uy vazifalarini dadam bilan tayyorlaganman. Xatolarni men emas, dadam qilganlar. Buvam esa ikkimiz uchun javob berishlari kerak, – dedi 1-sinf o‘quvchisi Zohidov.

 

Har kuni dadasining ishdan kelishiga “Nima olib keldingiz?” deb chiqadigan bolalar bugun ham xuddi shunday qilishdi. Ishdan kech qaytib, bolalariga hech narsa olib kelolmagan ota ularga:

– Sizlarga “Alangali salom” olib keldim, – deb javob qildi.

 

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.