Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Yig‘layotgan” dengiz toshbaqasi

Dengiz toshbaqasi tuxum qo‘yish vaqtida quruqlikka chiqib, qumloqqa yuzlab tuxum qo‘yadi va ustini qum bilan ko‘madi. Tuxumlar ustini ko‘mayotgan vaqtda, uning ko‘zlaridan yosh oqib “yig‘laydi”. Buning sababi, dengiz toshbaqalari sho‘r suvda yashaganligi uchun tanasida tuz moddasi ko‘payib ketadi. Tuxum qo‘yib, uni ko‘mib ketish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayadi va toshbaqa tanasidagi ortiqcha tuzlar “ko‘zyosh” orqali chiqib ketadi.

Avera FAYZIYEVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi

12-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.