“Gulxan”da xanda
Kim kimga o‘xshaydi
– Oyimning aytishlaricha, mening burnim otamnikiga, ko‘zim buvimnikiga o‘xshar ekan, – dedi Sardor.
– Mening qulog‘im amakimnikiga o‘xshaydi, – dedi Umid.
– Mening shimim akamniki, – deb gapga aralashdi Shavkat.
Ota-bola suhbati
– Bugun maktabda nimalarni o‘rgandinglar? – so‘radi ota o‘g‘lidan.
– Maktab hovlisini tozalashni, – javob berdi o‘g‘il.
Kimyo darsida
– Suyultirilgan qaysi metall bilan suvni muzlatish mumkin? – savol berdi o‘qituvchi.
– Metall izlab ovora bo‘lib yuradimi, suvni muzlatkichning muzxonasiga qo‘ysak, birpasda muzlaydi, – dedi “hozirjavob” Aziz.
Zoologiya darsida
– Ot uch soat, it o‘n soat, mushuk o‘n ikki soat uxlaydi, – dedi o‘qituvchi.
– Mushukdan qochib qutulgan sichqon necha soat uxlaydi? – so‘radi qiziquvchan Jamshid.
– Menimcha, u charchab qolib ko‘proq uxlasa kerak, – dedi o‘qituvchi.
Gulxanjon