Samolyot bilan qaysi qush tenglasha oladi?
Bugungi kunda dunyodagi eng zamonaviy samolyot ham uzog‘i bilan 12000 metr balandlikka ko‘tarila olish imkoniyatiga ega. Qushlarning imkoniyati esa bundan ancha past. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobida baland uchuvchi qushlarga doir qiziq, shu bilan birga, kishini hayratga soluvchi bir ma’lumot qayd etilgan ekan. Ya’ni 1973-yilning 29-noyabr kuni Abidjan (Kot-d’Ivuar) osmonida 11 277 metr balandlikka ko‘tarilgan samolyot turbinasiga qush kirib ketadi. Oqibatda havo laynerining to‘rtta dvigatelidan biri ishdan chiqadi. Samolyot yerga qo‘ngach, uning dvigateli ichidan Afrika sipi (Ryuppel grifi) patlarini topishadi.
Farhod BEK tayyorladi