Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Hammasi yangi yil haqida

Yangi yil bolalar qatori kattalar ham intiqlik bilan kutadigan bayram. Chunki bu bayramda hamma sovg‘a oladi.

*Yangi yil kuni archa bezatish an’anasi XVII asrning boshida Fransiyaning Elzas shahridan boshlangan. Archa o‘yinchoqlari esa qog‘ozdan yasalgan.

*XIX asrda Saksoniyada archa o‘yinchoqlari – har xil “qushlar va hayvonlar” shishadan yasalib, turli ranglarga bo‘yalgan.

*1895-yilda AQSHning Oq uyida birinchi marta archani rangli elektr lampochkalar bilan bezatishgan.

*Angliyada 1752-yilgacha yangi yil bayrami 25-martda nishonlangan.

*Eskimoslar esa yangi yil bayramini birinchi qor yoqqan kuni nishonlashar ekan.

*Isroilda bu bayram bir yilda 2 marta – 1-yanvar va sentabrda nishonlanadi.

*1843-yil Londonda ilk marta yangi yil otkritkalari chiqdi.

*XVIII asrdan beri Rossiyada archa tagiga sovg‘a qo‘yish an’anasi saqlanib qolgan.

*Afrikada archa o‘rniga palma daraxtini bezatishadi.

 

Yangi yil bayrami qaysi mamlakatda qanday nishonlanmasin, kishilarning niyati bir xil – yaxshilik, ezgulik.

Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga omadli kelsin.

 

Barno LUTFULLAYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.