Ismaloqli salat
Kerakli mahsulotlar: 1 dona sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 bog‘ ismaloq, 1 osh qoshiq soya sousi.
Tayyorlanishi: Ismaloqni tozalab yuvib, qaynab turgan suvga solib 1 daqiqa qaynatiladi. Qozondan olib oqib turgan sovuq suvda chayiladi. So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solinadi. Soya sousi, kunjut yog‘i, sarimsoq solib aralashtiriladi. Yuzasiga kunjut sepiladi. Ushbu salatni qaynatilgan guruch bilan birga dasturxonga tortish mumkin.