Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Istiqlol yilnomasi”

Quyida ta’rifi keltirilgan sanalarni shakl bo‘ylab raqamlarni yozish orqali toping.

KROSSVORD yoy bo‘yicha o‘ngga: O‘. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingan yil. Z. “Vatan himoyachilari kuni” bayrami ilk marotaba nishonlangan sana. B. “Kamolot” YOIH ta’sis etilgan yil. E. Toshkentda dastlabki avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan yil. K. Mustaqillik maydonidagi “Ezgulik arkasi” bunyod etilgan sana. I. Navoiy shahrida maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari” sport musobaqalari o‘tkazilgan sana. S. Mamlakatimizda “Yoshlar yili” deb e’lon qilingan yil. T. Muhammadqodir Abdullayev boks bo‘yicha XXVII yozgi Olimpiada o‘yinlari chempioni bo‘lgan sana. O. “Bolajon” telekanali o‘z faoliyatini boshlagan yil. N. “Keksalarni e’zozlash yili”.

Yoylar bo‘yicha chapga: O‘. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” birinchi o‘zbek dramasi nashr etilgan yil. Z. O‘zbekiston YUNESKOga a’zoligiga qabul qilingan sana. B. Amir Temur xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan yil. E. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlangan yil. K. Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi bayrami tantanalari o‘tkazilgan sana. I. Toshkentda M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali ochilgan yil. S. Ismiga Davlat mukofoti ta’sis etilgan O‘zbekiston Xalq shoirasi tavallud topgan sana. T. Vatanimizda “Obod mahalla yili” nomini olgan yil. O. Xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yil. N. Nechanchi yilda futzal bo‘yicha Toshkentda Osiyo chempionati o‘tkazilgan?

CHAYNVORD I. Meksikada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz futbolchilari kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan sana. II. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan yil. III. Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlangan sana. IV. Urganchda “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan memorial yodgorlik ochilgan yil. V. O‘zbek alpinisti Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) cho‘qqisiga mamlakatimiz bayrog‘ini o‘rnatgan yil.

Shakl atrofida: VI. “SamKoch” qo‘shma korxonasida dastlabki avtobuslar ishlab chiqarilgan sana. VII. Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi boshlangan yil. VIII. Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlangan sana. IX. Asakada Chevrolet “Spark” avto markasi ishlab chiqarila boshlangan yil.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.