Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Bilimlar maskani”

KRIPTOGRAMMA: Shakl atrofidagi raqamlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobida bilim olishga oid moddadagi so‘zlar yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling.

Kalit so‘zlar: 1. Axloq, tarbiya haqidagi o‘quv fani – 14,5, 14,9, 12,14,7, 2.

2. Darslarga qatnov hisobi – 5,2, 11,14,7, 2,1.

3. Abdurahmon Jomiy hikmatidan: “Kitob quyosh bo‘lsa, maktab bir jahon, Unda 8,2, 7,14,6 topar haqiqiy inson”.

4. Globus shakli – 10,2, 4.

5. Ko‘plik olmoshi – 9,3, 13.

 

KROSSVORD bo‘yiga: 1. Badiiy ijod o‘rganiladigan fan. 2. Xalqaro axborot to‘ri. 7. Ona tili fanidan yozma ish. 11. Maktab ta’limining har bir bosqichi. 12. Kompyuter xotirasida alohida nom ostida saqlanadigan hujjat. 13. Bilimni mustahkamlash maqsadida guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan uyushma.

Eniga: 3. Kishilik olmoshi. 5. Laboratoriyada foydalaniladigan optik asbob.

Diagonal bo‘yicha o‘ngga: 1. Fanlarni o‘zlashtirishdagi eng yuqori baho. 4. Tinish belgisi. 6. Geografiyadan o‘quv quroli, xarita. 9. Maktabda eng faol o‘rganilayotgan xorijiy til.

Diagonal bo‘yicha chapga: 1. Yozuv qoidalari. 3. Yechish uchun beriladigan matematik ifoda. 5. Alifbomizda qo‘llanilayotgan yozuv. 8. O‘quv dasturidagi san’at turi.

Yoylar bo‘yicha: 10. O‘quv qo‘llanma. 13. So‘zlashuv vositasi. 14. She’riyat janri. 15. Ot so‘z turkumining boshqa gap bo‘laklariga munosabatini ko‘rsatuvchi shakllari tizimi.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.