Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2016-yil 9-son

  • Samarqandda Ulug‘bek ko‘zyoshiga cho‘mdim men

    Samarqandda Ulug‘bek ko‘zyoshiga cho‘mdim men,

    Lavhul Mahfuzni o‘ylab, Haq amriga ko‘ndim men.

    Yer usti boyliklarin tortar ekan yer osti,

    Xizr yoniga nodir xazinamni ko‘mdim men.

     

    Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi,

    Kimni boy berdi dunyo,

    ...
  • G‘oyalarga sodiqmiz

    Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlayotgan kunlarimizda xalqimiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Tayanchimiz, ishonchimiz, suyangan tog‘imiz, ma’naviy madadkorimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etdi. Kutilmagan qayg‘uli xabar bir zumda

    ...
  • Ulug‘ va’da

    Tahririyatimizga sochlari qorday oppoq, hassa tutgan keksa bir onaxon nabirasini yetaklab keldilar. Ko‘zyoshlari yuzini yuvib, Yurtboshimiz haqlariga uzundan-uzoq duo qildilar. “Nabiram bir necha kundan beri buvi, iltimos, Islom bobomni xotirlab yozgan she’rimni “Gulxan” ga olib boraylik, deya holi-jonimga qo‘ymadi. Ma’qul ko‘rsangiz shu

    ...
  • Bundan ortiq iftixor bormi?!

    2016-yil 23-avgust. Toshkent xalqaro aeroporti. Atrofni tun pardasi qoplagan bo‘lsa-da, terminal va samolyot yo‘laklari yuzlab chiroqlar nuridan charog‘onlashgan. Bu yerda O‘zbekiston iftixorlari – Olimpiya chempion va sovrindorlarini kutib olish uchun yuzlab yurtdoshlarimiz to‘planishgan. Nihoyat, ko‘ksiga “Uzbekistan” yozuvini

    ...
  • Tafakkur qanotlari

    Olimlarning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, XXI asrda yashayotgan odamlarning miyasiga ilgari taxmin qilingan hajmdan 10 barobar ko‘p miqdorda ma’lumot sig‘ar ekan. Ularning ta’kidlashicha, miyamiz 1 petobayt, ya’ni 1 mln gigobayt ma’lumotni joylashtira olishi mumkin. Bu degani, eng so‘nggi, zamonaviy 100 ta kompyuter xotirasi

    ...
  • Marrani yuksak olib...

    Dinora Umarqulova hur O‘zbekistonimizning umidli yoshlaridan biri. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda a’lo baholarga o‘qimoqda. O‘tgan yillar davomida “Yurt kelajagi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Orasta qizlar” respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, o‘z iqtidorini

    ...
  • Qalbim – quyoshga makon

    SAVOL

    Osmondagi sirli yulduzlar

    Aytarmikan kelajagimni?

    Gul Vatanni yana ham gulgun

    Bog‘ misoli etajagimni.

    Oy, Zuhroga men etib parvoz,

    Gulg‘unchalar taqib qaytaman.

    Lablarimga qo‘nib tabassum,

    “Tinchlik” so‘zin jo‘shib

    ...
  • Quloq solgin qalbingga

    SAHRODAGI QUSH

    Saksovul tepasiga

    Omonat uya qurib,

    Shod yashaydi, o‘zicha

    Palaponlar o‘stirib.

     

    G‘ayrati jo‘shib, yuksak

    Ko‘tarilsa samoga,

    Ko‘zi tushar olisda

    Vodiylarga, daryoga.

     

    Xush ko‘rsa ham

    ...
  • Dunyoni o‘zgartirgan raqamlar

    800-yillarning boshlari, Xiva. O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi madrasa talabasi Muhammad darsxonasida arab tilida bitilgan “Sindihind” nomli kitobni mutolaa qilib o‘tirardi. Bolaligidan o‘tkir zehnli, matematika, geografiya, tarix fanlariga o‘zgacha mehr qo‘ygan bu yigit astronomiyaga ham befarq emasligini hozir o‘qiyotgan kitobidan

    ...
  • Orzularidek ulug‘ shoir

    O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Erkin Vohidovni o‘zbek xalqining katta-yu kichigi juda yaxshi biladi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Erkin Vohidov garchi bugun jisman oramizda bo‘lmasa ham yaratgan barhayot asarlari tufayli

    ...
  • Nurli manzillar

    Har kuni necha bor ostona hatlab ko‘chaga chiqasiz. Shunda kundan-kunga, yildan-yilga mahallangizdagi, ko‘changizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, atrofga hayrat va faxr bilan boqasiz. Bir necha yil oldin shu ko‘chalarda yalangoyoq chopib yurgansiz. Tengqurlaringiz bilan ariq bo‘ylarida shodon o‘ynagansiz. Endi maktabga qatnayapsiz, ulg‘ayib

    ...
  • She’riyat

    Kayfiyatim chog‘lovchi,

    Ezgulikka chorlovchi,

    Quyosh bo‘lib porlovchi,

    Sensan, she’riyat.

     

    Uvaysiydir ko‘z yoshing,

    Usmon Nosir bardoshing,

    Zulfiya ko‘z-u qoshing,

    Hursan, she’riyat.

     

    Shoirlar sening yuzing,

    Yoritguvchi

    ...
  • “Bolari”

    Gullarga razm soling,

    Naqadar go‘zal ular.

    Iforlari kirgan dil

    Yayrab, quvonchga to‘lar.

     

    Orzum ham gulday yashnar,

    Ochilar chaman-chaman.

    O‘zbekistonim gulzor –

    Bolariday uchaman.

     

    Bikajon SHARIPOVA,

    Xorazm viloyati

    ...
  • O‘zbekiston

    Bog‘laring jannat misoli,

    Boshingda nur sochar quyosh.

    Maqsading – farzand kamoli,

    Bag‘ringda baxtli keksa-yosh.

     

    Sen uchun yashayman, Vatan,

    Senga fido bu jonu-tan.

    Xalqim duo qilgay dildan,

    Gullab-yashna, O‘zbekiston!

     

    Xosiyat

    ...
  • Dangasa

    Uyqu bosar ko‘zini,

    Bormaydi ishga qo‘li.

    Hatto uzoq tuyular,

    Ertalab maktab yo‘li.

     

    Dangasaning holi tang,

    Zo‘rg‘a yuzin ho‘llaydi.

    Qo‘l yuvmasdan qornini

    To‘yg‘izishni o‘ylaydi.

     

    Muhabbat

    ...
  • Ukajonim

    Kichkintoy ukajonim

    Mitti qadam tashladi.

    Endi chiqdi tishlari,

    Gapirishni boshladi.

     

    Tim qoradir sochlari,

    Ko‘zlari naq ko‘zmunchoq.

    Qiliqlari yarashar,

    U bizlarga ovunchoq.

     

    Aziza PARDAYEVA,

    Toshkent shahar Sergeli

    ...
  • Bobomga

    Oppoq orzularga to‘lgan yuragim,

    Qo‘limni uzatsam yetgudek samo.

    Nurli manzillarim, nurli hayotim,

    Bari siz bor uchun, aslida, bobo!

     

    Buyuk maqsadlarga narvon yasaysiz,

    Shu sabab kaftimda ko‘rinar dunyo.

    Siz bergan hikmatdan boshim tik bugun,

    Yo‘llarim yoritar har bitta

    ...
  • Usta

    Mening ukam bo‘lmoqchi

    Bobomday mohir usta.

    Zo‘r binolar qurmoqchi,

    Rejalar tuzar puxta.

     

    Ulkan maqsad ko‘zlaydi,

    Bilimga chanqoq ukam.

    Orzularingga yetgin,

    Sendan umidim ulkan!

     

    Mumtozbegim SAYFIDDINOVA,

    Andijon viloyati

    ...
  • Javohirlar

    Yetaklagan g‘azal mulkiga

    Mirzo Bobur Navoiydan so‘ng.

    Turkiy tilning asl tojini

    Kiygan Bobur Navoiydan so‘ng.

     

    “Boburnoma” – jahonga mashhur,

    O‘girishgan turli tillarga.

    Buyuk bobom dono va mag‘rur,

    Asos solgan

    ...
  • Izhor

    Bag‘ringda gul-maysalar

    Chiroyingga husndir.

    Chempionlar, zukkolar

    Toleyingga ustundir.

     

    Baxtli, hur, to‘kis hayot –

    Yuksalish dargohisan.

    Ona O‘zbekistonim,

    Qalbim qiblagohisan!

     

    Mohidil G‘OFUROVA,

    Toshkent

    ...
  • Kashtachi qiz

    Nafisani barchamiz

    Chevar qiz, deb ataymiz.

    Havas qilib, kashtasiga

    Biz ham munchoq qadaymiz.

     

    Igna tutgan qo‘llarida

    Chaman, bog‘lar yasaydi.

    Hamma qizlar Nafisaday

    Hunarga do‘st bo‘lsaydi.

     

    Gulnihol

    ...
  • Shuningdek… (2016-yil, 9-son)

    Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati Shofirkon tumani 1-maktab 9-sinf o‘quvchisi Nosir Baqoyev,Xorazm viloyati Hazorasp tumani 43-maktab o‘quvchisi Sabohat Matjonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-IMI 8-sinf o‘quvchisi Jahongir Rajapboyev, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa

    ...
  • Toshqotgan ajdarho

    Qadimda Boysun bilan Sho‘rchi orasidagi kichik so‘qmoq Qoradaradan o‘tardi. Savdogar, yo‘lovchi karvonlari ming azob bilan dara ichidan o‘tib, Hisor tomonlarga borishardi.

    Qoradaraning kunchiqar tomondagi qoyasi ustida dahshatli ajdarho pastga tashlanishga hozirlangancha toshqotgan. Ajdarga diqqat bilan, qarasangiz, go‘yo u hozir tiriladi-yu,

    ...
  • Ixtirolar olamiga sayohat

    Texnik ixtirolar tarixi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Ularning dastlabki sodda ko‘rinishi ko‘pincha bolalikdan qiziquvchan, xayolparast, tinib-tinchimas insonlar tomonidan yaratilgan. Kashfiyotchilar ilk bor 1783-yilda ko‘kda parvoz qilish uchun havo shari, salkam (1882) bir asrdan so‘ng esa samolyotni yaratishdi. Bugungi kunga kelib bu ixtirolarning soni

    ...
  • Chiyabo‘ri

    Shokir qovunchi desa, bobomni qishloqda hamma taniydi. Bobom uzoq yillardan buyon qo‘shnilarimiz Mashrab va Mamasiddiq amakilar bilan Chirchiq daryosi bo‘yidagi sayhonlikda qovun-tarvuz ekadi. Bobom yetishtirgan qovunlarning oldida Mashrab amakining qovunlari handalakday bo‘lib qoladi. Chunki polizimizdagi qovunlarning eng kichigi yangi tug‘ilgan qo‘zichoqdek

    ...
  • Riddles

    Give me wood and I will live,

    Give me water and I will die.

    What am I?

     

     

    What begins with “P” and ends with “E” and has 1000 letters?

     

    Prepared by

    Muhammadsodiq DONAYEV,

    the student of 4th course

    Uzbek State World Language

    ...
  • Jokes

    Singular or popular?

    Teacher: – Is trousers singular or plural, John?

    Pupil: – Singular at the top and plural at the bottom.

     

    At an examination

    At a college examination a professor asked:

    – Is the question too difficult for you?

    – Not at all, sir,

    ...
  • Xushxabar

    Shu yilning 14–20-avgust kunlari Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 31 davlatning 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchisi qatnashgan nufuzli tanlovda mamlakatimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 18-maktabning

    ...
  • Bayramga sovg‘a

    Biz bayramlarda sovg‘a olishni yaxshi ko‘ramiz. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Bag‘dod tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari sovg‘aning eng kattasini oldi. Maktabimizda barcha qulayliklarga ega zamonaviy, biz orziqib kutgan sport zali ishga tushirildi. Safimizda sport bilan do‘stlashgan chaqqon, epchil bolalar juda ko‘p.

    ...
  • Beqasam to‘nli bokschi

    “Sog‘lom ona va bola” yilida o‘n uch yoshga to‘ldim, lekin o‘zimni katta odamlardek his qilyapman. Oilada uch farzandmiz: ikki o‘g‘il va bir qiz. Ota-onam sog‘lom o‘sishimiz uchun mahallamizdagi “Olg‘ir” sport markazining boks to‘garagiga berdilar. Ukam bilan to‘rt yildirki, boks bilan

    ...
  • Yuksakdagi bayrog‘im

    Biz qachon tamoman sog‘lom bo‘lamiz? Albatta jismonan va aqlan uyg‘un rivojlanganimizda. Shuning uchun ham maktab o‘quv rejasiga jismoniy tarbiya darslari kiritilgan. Bola jismonan sog‘lom bo‘lsa-yu, ammo bilim olishda, fikr yuritishda adashib, boshqa ko‘chalarga kirib qolsa, biz uni sog‘lom deb aytolmaymiz. Shu bois jismoniy chiniqish bilan

    ...
  • Sog‘ tanda – sog‘lom aql

    Sog‘ vujudsiz tasavvur

    Qilib bo‘lmas aqlni.

    Ikki so‘z uyg‘unlikda

    Tuzishar bir naqlni.

     

    Xalqimiz suyanchidan

    Minnatdordir yosh avlod.

    Yurtim tinchligi uchun

    Bo‘lar har biri qanot.

     

    Chunki yoshlar qo‘lida

    O‘zbekiston

    ...
  • Ularni o‘quvchi deb bo‘ladimi?

    Saida o‘quv yili boshlanganidan quvonib, kitob-daftarini taxt qilish harakatiga tushdi. U bu yil 7-sinfga ko‘chdi. “Qanday yaxshi, katta sinflar qatoriga kirib qoldim, endi yanada yaxshi o‘qishim kerak”, – ahd qildi u. Ro‘yxat asosida maktab kutubxonasidan barcha darslik kitoblarni oldi. Uyga kelgach, ularning muqovasini oq qog‘oz bilan

    ...
  • Qat’iy maqsad sari

    O‘z bilim va iqtidoriga ishongan bugungi yoshlar mustaqil yurtimizda munosib farzand bo‘lib kamol topayapti. Ularning ilmga chanqoq, bilimdon, zukko va tirishqoqligini ko‘rib chin dildan havasing keladi, mehring ortadi.

    Yaqinda Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasida

    ...
  • Orzular izidan

    Eldorning matematikaga mehr qo‘yishida oiladagi muhitning o‘rni katta. Ota-onasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani bois, uyda fanga doir qiziqarli kitoblar, ko‘rgazmali qurollar ko‘p. O‘zidan katta opasi maktabga borganda, unga qo‘shilib kitob o‘qishni, yozishni o‘rgangan Eldor yuzgacha sanashni, ko‘paytirish jadvalini ham

    ...
  • Yurt ishqi

    Bizning yuragimiz yurt ishqi-la band,

    Tog‘lar yiqilmasin, ko‘chmasin qoya.

    Biz kim, Sohibqiron naslimiz axir,

    O‘ziga tortolmas bizga yot g‘oya.

     

    Biz shunday qudratli, biz shunday zo‘rmiz,

    Hatto ismimizdan taniydi jahon.

    Mangu yashagaymiz xalqimiz uchun,

    Dunyoda tengi

    ...
  • “Bilimlar maskani”

    KRIPTOGRAMMA:Shakl atrofidagi raqamlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobida bilim olishga oid moddadagi so‘zlar yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling.

    Kalit

    ...
  • Yogurt

    Kerakli masalliqlar:300 gramm smetana, 400 gramm tvorog, 3 osh qoshiq shakar, 3-4 dona malina, qulupnay yoki yarim bo‘lak banan, shaftoli.

    Tayyorlanishi:Barcha masalliqlarni bir idishga solib, ko‘pirtirgichda 3 daqiqa yaxshilab aralashtiramiz.

  • Qovoqli dimlama

    Kerakli masalliqlar:0,5 kg qovoq, 200 gramm o‘simlik yog‘i, 100 gramm mol go‘shti, 5 dona kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 dona qizil sabzi, yarim bosh karam, 1 dona bulg‘or qalampiri, 1 dona pomidor, ko‘katlar, tuz, zira, 2 kosa suv.

    Tayyorlanishi:Barcha masalliqlarni tozalab o‘rtacha kattalikda

    ...
  • Qiymali rulet

    Kerakli masalliqlar:2 stakan un, 125 gramm margarin, 1 ta tuxum, yarim stakan sut, ta’bga ko‘ra tuz, 300 gramm qiyma, 2 bosh piyoz, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i.

    Tayyorlanishi:Oldin xamirimizni tayyorlab olamiz. Unni margarin bilan uqalagach, tuxum, tuz, yarim stakan sut solib, yumshoq xamir qorib, tindirishga

    ...
  • Qizil loviya salati

    Kerakli masalliqlar:3 dona pomidor, 100 gramm pishloq, 300 gramm qizil loviya, 50 gramm qotirilgan non bo‘laklari, salat bargi, 100 gramm mayonez.

    Tayyorlanishi:Pomidorni mayda qilib to‘g‘rab, uni pishgan loviya va salat bargi bilan aralashtiramiz. Keyin qotgan nonni solib, tuz sepib, mayonez bilan

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.