Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ulug‘ va’da

Tahririyatimizga sochlari qorday oppoq, hassa tutgan keksa bir onaxon nabirasini yetaklab keldilar. Ko‘zyoshlari yuzini yuvib, Yurtboshimiz haqlariga uzundan-uzoq duo qildilar. “Nabiram bir necha kundan beri buvi, iltimos, Islom bobomni xotirlab yozgan she’rimni “Gulxan” ga olib boraylik, deya holi-jonimga qo‘ymadi. Ma’qul ko‘rsangiz shu she’rni jurnalda e’lon qilarsizlar”, deb qo‘limizga tutqazdilar. Biz Anvarjonning kechinmalarini sahifamizda chop etishga qaror qildik.

 

Jannat bir o‘lka qoldi

Siz boshqargan davlatdan.

Xotirjam bo‘ling, Bobo,

Dono, baxtli avloddan.

 

Siz boshlagan yo‘l ulug‘,

Undan shahdam yuramiz.

Xuddi siz istaganday,

Buyuk Davlat quramiz!

 

Anvar ATXAMOV,

Mirzo Ulug‘bek tumani

207-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.