Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Sog‘ vujudsiz tasavvur

Qilib bo‘lmas aqlni.

Ikki so‘z uyg‘unlikda

Tuzishar bir naqlni.

 

Xalqimiz suyanchidan

Minnatdordir yosh avlod.

Yurtim tinchligi uchun

Bo‘lar har biri qanot.

 

Chunki yoshlar qo‘lida

O‘zbekiston ertasi.

Sog‘lom bolalar bo‘lar

Shu zaminning egasi.

 

Farzandlari sog‘lom yurt

So‘zsiz, kuchli, qudratli.

Buyuk yurt dilbandlari

To abad yashar baxtli.

 

Yusufbek SAYDALIYEV,

Jizzax tumani 27-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.