Xushxabar
Shu yilning 14–20-avgust kunlari Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 31 davlatning 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchisi qatnashgan nufuzli tanlovda mamlakatimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 18-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev, shu tumandagi 1-IMIning 7-sinf o‘quvchisi Shahboz Hasanov, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 37-maktab 7-sinf o‘quvchisi Shohbek Mahmudov, Kitob tumanidagi 1-IMIning 7-sinf o‘quvchisi Eldor Neymatov milliy terma jamoa safida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Bu albatta, o‘quvchilar iste’dodlarini yuzaga chiqarishga Vatanimiz yaratib bergan ulkan sharoit samarasidir. Bilimdon bolalar qo‘lga kiritgan ushbu yutuq Mustaqilligimizning 25 yillik to‘yiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.
Dilhayot ERKINOVA