Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobomga

Oppoq orzularga to‘lgan yuragim,

Qo‘limni uzatsam yetgudek samo.

Nurli manzillarim, nurli hayotim,

Bari siz bor uchun, aslida, bobo!

 

Buyuk maqsadlarga narvon yasaysiz,

Shu sabab kaftimda ko‘rinar dunyo.

Siz bergan hikmatdan boshim tik bugun,

Yo‘llarim yoritar har bitta duo.

 

Gulasalbonu IBRAGIMOVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

62-maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.