Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Javohirlar

Yetaklagan g‘azal mulkiga

Mirzo Bobur Navoiydan so‘ng.

Turkiy tilning asl tojini

Kiygan Bobur Navoiydan so‘ng.

 

“Boburnoma” – jahonga mashhur,

O‘girishgan turli tillarga.

Buyuk bobom dono va mag‘rur,

Asos solgan boburiylarga.

 

Harb ilmida tengsiz javohir,

U sarkarda edi ko‘p mohir.

Boburiylar qurgan Toj Mahal,

O‘lmas haykal emasmi, axir?

 

Boyjigit ZULPONOV,

Jizzax viloyati Baxmal tumani

30-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.