Yurt ishqi
Bizning yuragimiz yurt ishqi-la band,
Tog‘lar yiqilmasin, ko‘chmasin qoya.
Biz kim, Sohibqiron naslimiz axir,
O‘ziga tortolmas bizga yot g‘oya.
Biz shunday qudratli, biz shunday zo‘rmiz,
Hatto ismimizdan taniydi jahon.
Mangu yashagaymiz xalqimiz uchun,
Dunyoda tengi yo‘q yurt – O‘zbekiston!
Biz ulkan matonat sohiblarimiz,
Ko‘ngilda armonga joy qoldirmagan.
Bobomiz ishonchin oqlaymiz doim,
Nonini birovga hech oldirmagan.
Chunki biz alanga bo‘lib yashaymiz,
Olovmiz, lovullab yonamiz faqat.
Bu ko‘hna dunyoda chin haqiqat bor,
Asli Vatan erur boqiy Muhabbat!
Mushtariy MURODJONOVA,
O‘zDJTU qoshidagi Uchtepa akademik
litseyi o‘quvchisi