Qovoqli dimlama
Kerakli masalliqlar: 0,5 kg qovoq, 200 gramm o‘simlik yog‘i, 100 gramm mol go‘shti, 5 dona kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 dona qizil sabzi, yarim bosh karam, 1 dona bulg‘or qalampiri, 1 dona pomidor, ko‘katlar, tuz, zira, 2 kosa suv.
Tayyorlanishi: Barcha masalliqlarni tozalab o‘rtacha kattalikda to‘rtburchak qilib kesib olamiz. Qozonga yog‘ni solib, kartoshka, qizil sabzi, go‘sht, piyoz hamda qovoqni ustma-ust taxlab chiqamiz. So‘ngra pomidor, bulg‘or qalampiri va ko‘katlarni ham solib tuz, zira sepgach, ustini karam barglari bilan yopamiz. 2 kosa suv solib, 40 daqiqaga dimlab qo‘yamiz.