“Jonajon Vatanim” boshqotirmasi
KRIPTOGRAMMA. Shakl atrofidagi raqamlarda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”da vatanimizga berilgan ta’rif yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling:
- Vatanimiz bosh qomusining 4-moddasidan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili 12, 13, 6, 1, 2 tilidir”.
- Istiqlol yillarida nomi abadiylashtirilgan namanganlik atoqli ma’rifatparvar olim – 4, 6, 5, 17, 10.
- O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri – 8, 5, 4, 7, 8, 14.
- Milliy ipak gazlama – 17, 10, 11, 17, 3.
- Transport turi – 16, 1, 10, 5, 8.
- Qardosh millat – 5, 18, 3.
- 7. Boshoqli ekin hosili – 15, 8, 9.
KROSSVORD. Diagonallar bo‘yicha:
- Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz sazovor bo‘layotgan medal. 2. Muborakbod. 3. Axborot agentligi. 4. Buxorodagi me’moriy ansambl. 5. Amaldagi alifbomiz yozuvi. 6. Respublikamizda amaldagi iqtisodiyot. 7. Jomboylik buyuk kalom ilmi va fiqh allomasi. 8. Xalqaro musobaqalar g‘olibi, taniqli gimnastikachi. 9. Quruq meva. 10. Poliz ekini. 11. Iste’dod sohiblari mukofoti. 12. Ko‘rkam patli qush. 13. Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sportimiz. 14. Respublikamiz janubidagi shahar. 15. Obod qishloqqa aylantirilgan Jizzax viloyatidagi maskan. 16. Toshkent yaqinidagi ko‘l. 17. Xalqaro ìaqom anjumanida mezbon bo‘lgan shahar. 18. Tarixiy shahar, zamin sayqali. 19. Tog‘ qo‘yi. 20. Baydarka va kanoeda eshkak eshish sporti bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining to‘rt bor chempioni, rekordchi vatandoshimizning ismi. 21. Muvaffaqiyat. 22. Vatan posboni. 23. Asaka avto markasi. 24. Vatanimiz mustaqilligi e’lon qilingan 1991-yil 31-avgust haftaning qaysi kuni bo‘lgan? 25. Sayroqi qush. 26. Mukarrama Turg‘unboyeva asos solgan raqs ansambli. 27. Bo‘stonliq tumanidagi mashhur sihatgoh. 28. Mirkarim Osim qissasi.
Foziljon ORIPOV tuzdi.