Darslardagi hangomalar
Ona tili darsida
***
O‘qituvchi: – Valiyev, gapning maqsadga ko‘ra turlari necha xil bo‘ladi?
O‘quvchi: – Ikki xil.
O‘qituvchi: – Ta’rifla-chi!
O‘quvchi: – Rost gap va yolg‘on gap.
***
O‘qituvchi:
– Valiyev, qanday gapni “Ko‘chirma gap” deb ataymiz?
O‘quvchi:
– O‘rtog‘imizdan ko‘chirib yozgan gaplarni.
***
O‘qituvchi:
– Qosimov, sinonim so‘zlarni ta’riflab ber!
O‘quvchi:
– Kerakli so‘zni topishga qiynalib, o‘rniga ishlatilgan boshqa so‘z.
***
O‘qituvchi: – Valiyev, “Otam majlisga ketdi”, gapini tahlil qilib ber!
O‘quvchi: – “otam” – ot, “ketdi” – kesim.
O‘qituvchi: – “Majlis”-chi?
O‘quvchi: – Onamning aytishicha, u – bahona.
Zoologiya darsida
***
– Qosimov, nega ba’zi qushlar qishda janubga uchib ketadi?
– Chunki, hamma qushlar ketsa janubga sig‘maydi-da!
***
– Jomonov, ayiqning eng xavfli kushandasini ayta olasanmi?
– Asalari.
Odobnoma darsida
***
O‘qituvchi: – Valiyev, nega har kuni darsga kechikib kelasan?
O‘quvchi: – Bunga navbatchi aybdor. Maktab darvozasidan o‘tishim bilan qo‘ng‘iroqni chalib yuboradi.
To‘plovchi: MUHABBAT