Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kim biladi-yo shuginani-yo

Bilag‘onlar uchun mantiqiy jumboqlar

 

Mantiqiy masala va jumboqlarni yechish aqlingizni charxlaydi, fikrlash qobiliyatingizni rivojlantiradi, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatadi. Ko‘pincha bunday masalalarda ahamiyatsiz ko‘ringan biror detal yoki ma’lumot kalit vazifasini o‘taydi. Ba’zida esa jiddiy boshqotirish, yaxshilab o‘ylab ko‘rish talab etiladi. Agar, topag‘onman, desangiz, o‘ylashdan erinmasangiz, jumboqlarga javob izlab ko‘ring.

 

Uchta qurbaqa

Hovuz chetida uchta qurbaqa o‘tirardi. Ulardan biri suvga sakrashga qaror qildi. Xo‘sh, qirg‘oqda nechta qurbaqa qoldi.

 

Nechta bola o‘qiydi?

Anvar maktabda eng chopag‘on bolalar o‘rtasida 50-o‘rinni egallaydi. Eng sekin yuguradiganlar orasida ham 50-o‘rinda. Barcha bolalar turli tezlikda yuguradi. Xo‘sh, Anvar o‘qiydigan maktabda nechta o‘quvchi bor?

 

U necha yoshda?

Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb so‘rashdi. “Shanba va yakshanbani hisobga olmasa, 30 yoshdaman”, deb javob berdi u. Ayting-chi, u odam aslida necha yoshda?

Xo‘rozsoat

Madina maktabga vaqtida yetib borishi uchun ertalab 6 da turishi kerak. Shuning uchun xo‘roz soatini 6:00 ga sozlab qo‘ygan. Xo‘rozsoat har uch kunda 9 daqiqaga orqada qoladi. Agar u yakshanba kuni kechqurun 10 da soatini to‘g‘rilab qo‘ysa, seshanba kuni ertalab xo‘rozsoat qaysi vaqtda qichqiradi?

 

Qog‘oz o‘rami

Qog‘oz o‘ramida 100 dona varaq bor. 10 ta varaqni 10 soniyada sanash mumkin. 80 varaqni tez sanash uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?

 

Tug‘ilgan kun

Xillari 28-dekabrda tug‘ilgan. Lekin tug‘ilgan kunini yozda nishonlaydi. Nega?

 

Sakraydigan otlar

Otlar qayerda bir-birining ustidan sakrab o‘tadi?

 

G‘alati tenglik

Qaysi holatda 23+2=1 tenglamasi to‘g‘ri bo‘ladi?

 

Orif TOlib tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.