“N” bilan boshlanib, “n” bilan tugaydigan so‘zlar
- Bog‘imda… bor. Gullaydi har ilk bahor (qo‘shiqdan).
- Milliy taom.
- “Tepsa tebranmas”gaz.
- Milliy latifalar qahramoni.
- Boksdagi holat.
- Yosh, o‘spirin.
- Farg‘ona vodiysidagi qishloq.
- Arab harfi.
- Molekuladan ham kichik modda.
- To‘pponcha turi.
- Aqlsiz, tentak.
- Nurli, porloq.
- Keksaning antonimi.
- Erkaklar ismi.
- Kuyaga qarshi dori.
- Faryod chekuvchi.
- Qashqadaryo viloyatidagi tuman.
- Respublikamizdagi viloyat.
- Notayin, noma’lum.
- Taqvodor, dindor.
- Aziz ne’mat.
- Yaqqol ko‘rinish.
- Uning bir grammi otni o‘ldiradi.
- Uzuk turi.
- Torli asboblar chalish moslamasi.
- Jun o‘rnidagi sun’iy tola.
- Hamzaning taxallusi.
- Anorning asosiy xususiyati.
- Ayb, qusur.
- Namangandagi daryo.
- Sun’iy gazlama.
- Kavkazliklar ismi.
- Nozik, ramaqijon.
Tuzuvchi: Fayzulla ABDULLAYEV