Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob – oftob

KROSSVORD

Bo‘yiga: 1. Anvar Obidjonning “Oltin yurakli Avtobola” qissasi asosida suratga olingan filmdagi bosh qahramon. 2. Yoshligi Hindistonda o‘tgan ingliz yozuvchisi Kiplingning multfilm suratga olingan mashhur asari. 3. Alisher Navoiy ustoz deb bilgan mumtoz shoir. 4. Taniqli baxshi, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar ijrochisi. 5. Badiiy ijod sohasi. 7. Norveg dengiz sayyohi, yozuvchi. 22. Mirkarim Osim qalamiga mansub Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqidagi tarixiy asarlardan biri. 25. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashab ijod qilgan yunon masalchisi. 26. “Tilla qo‘ng‘iz” asari muallifi, Amerika yozuvchsi. 27. O‘zbek adibasi.

Eniga: 6. Xalq dostonlarini yoddan kuylovchi shoir. 22. “Uch mushketyor” romani qahramoni. 23. “Boshsiz chavandoz” romani muallifi Tomas Mayn... 24. Kitob varag‘ining har bir tomoni.

“Zanjir” holida: 8. Toshkentdagi nashriyot-matbaa muassasasi. 9. Mukammal, to‘liq lug‘at. 10. Mirzo Ulug‘bekka atab qasida yozgan mumtoz shoir. 11. Sahnalashtirilgan o‘zbek xalq ertaklaridan biri. 12. Muhammad Yusufning shoir Shavkat Rahmon xotirasiga bag‘ishlab yozgan she’ri. 13. Tinish belgisi. 14. Boshdan o‘tgan voqea-hodisalar bayon etilgan asar. 15. Ijodkorning o‘zi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. 16. G‘afur G‘ulomning “Yodgor” qissasi qahramonlaridan biri. 17. Kitobning birinchi sahifasi. 18. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni, “Alpomish”ning davomi. 19. “Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun” hikmati muallifi, mumtoz shoir. 20. Usmon Nosirning qo‘shiqqa aylangan she’ri. 21. Alisher Navoiyning tog‘alaridan biri, zamonasining yetuk shoiri. 28. Matematika fanining vatandoshimiz Al-Xorazmiy “Al-jabr val-muqobala” asarida dunyoda birinchi marta izchil bayon qilgan sohasi. 29. Koinot jismlarini o‘rganuvchi fan. 30. Fizika fanining tovush hodisalarini o‘rganuvchi bo‘limi.

 

KRIPTOGRAMMA

Kalit so‘zlar: 1. So‘z san’ati – 9,16,9, 6,1, 11,2, 8.

  1. Nasriy asar janri – 13,1, 10,2, 11,9.
  2. Nashrdan ma’lumotlarni tez topishni osonlashtiruvchi yordamchi manba – 10,5, 7,18,9, 8,10,1, 17.
  3. Toshkentdagi nashriyot – 19,9, 4.
  4. Ikki kishi orasidagi so‘zlashuv – 16,1, 9,12,2, 15.
  5. O‘tgan, o‘tib ketgan zamonning kitobiy atamasi – 3,2, 14,1, 11.

Endi shakl atrofidagi raqamlarni kalit so‘zlar javoblaridagi harflar bilan almashtirish orqali kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan taniqli rus adibi Konstantin Simonov qalamiga mansub ikki misra ayon bo‘ladi.

 

Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.