Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Matematika

1. Yig‘indisi 2 raqamdan iborat amalni toping:

A) (5: 5)+5 B) (5+5): 5 S) (5x5)x5 D) (5x5)-5

2. Yo‘lda ketayotgan bola har 20 metrda 1 tangadan topib oldi. Tangalari 35 ta bo‘lganida necha metr yurgan bo‘ladi?

A) 750 B) 200 S) 700 D) 350

3. Shirin o‘rama (rulet)ni 10 bo‘lakka bo‘lish uchun necha marta kesish kerak?

A) 10 B) 9 S) 11 D) 8

4. Bola navbatning oxiridan 5 chi, oldidan 3 chi bo‘lib turibdi. Navbatda nechta bola bor?

A) 5 B) 7 S) 9 D) 4

5. Opa va uka teng 5 tadan olma olishdi. Opa ukasidan 2 ta ko‘p, uka opasidan 2 ta kam olma yedi. Kimda ko‘proq olma qoldi?

A) teng B) ukada S) ikkovida D) opada

6. Oilada 7 aka-uka bor. Hammasining 1 tadan singlisi bor. Oilada jami nechta farzand?

A) 7 B) 12 S) 8 D) 9

7. Ali, Vali, Soli uy vazifani bajarishdi. Ali – 3660 soniyada Vali – 65 daqiqada Soli – 1 soatda bajardi. Kim qisqa vaqtda bajargan?

A) Vali B) Soli S) Ali D) Hammasi

8. Qishki ta’til 2 hafta yozgisi esa 13 hafta davom etadi. Yozgi ta’til necha kunga uzunroq?

A) 11 B) 77 S) 54 D) 35

9. Sadaning 2 ta shoxida 4 tadan 1 ta shoxida 6 ta, 3 chisida 2 tadan olma bor. Sadada jami nechta olma bor?

A) 8 B) 10 S) 0 D) 18

10. Uchta qo‘shilgan ot 30 kilometr yo‘l bosgan. Har bir ot necha kilometrdan yo‘l bosgan?

A) 10 B) 90 S) 60 D) 30

 

Tuzuvchi: Yulduz TESHABOYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.