“Mustaqil diyor posbonlari” krossvordi
Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofida soat mili yo‘nalishida: 1. Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2. Davlat ramzi. 3. “Sardor” teleseriali qahramoni. 4. Samoga ko‘tarilish. 5. Dushmandan himoyalanish uchun zarur vosita va choralar majmui. 6. Olisni ko‘rish asbobi. 7. O‘qotar qurollar stvolining diametri. 8. Xaritadan va kompasdan foydalanib aniqlanadigan eng qisqa yo‘nalish. 9. O‘qotar qurol turi. 10. Dunyo tomonlarini ko‘rsatuvchi asbob. 11. Muhandislik qo‘shilmalari harbiy qurilish qismlarining askari. 12. Reaktiv kuch ta’sirida otiladigan snaryad. 13. Shodiyona. 14. Bir necha polkdan, turli qo‘shin qismlarining bo‘linmalaridan tarkib topgan harbiy qo‘shilma. 15. Vatanimizning Markaziy harbiy okrugi shtabi joylashgan shahar. 16. Askarning sodiqlik haqidagi rasmiy va’dasi. 17. Kema bo‘lmasi. 18. Xizmatda qahramonlik, mardlik, botirlik, dovyuraklik ko‘rsatganligi uchun beriladigan O‘zbekiston Respublikasining medali. 19. Mohir o‘qotar. 20. Tankchi komandir-muhandislar bilim yurti joylashgan shahar. 21. Radio orqali xabarlar uzatuvchi va qabul qiluvchi mutaxassis. 22. Harbiy okrug joylashgan vatanimizning eng janubiy shahri. 23. Vatan himoyasida qatnashgan askar. 24. Davlatning suvda va quruqlikda qo‘riqlanadigan maskani. 25. Leytenantdan yuqori ofitserlik unvoni. 26. Faoliyatda namuna ko‘rsatgan harbiy xizmatchi. 27. Harbiy maktab o‘quvchisi. 28. Xorazm viloyatidagi harbiy mutaxassislikka yo‘naltirilgan litsey faoliyat olib borayotgan shahar. 29. Harbiy dengiz floti xizmatchisi unvoni.
Foziljon ORIPOV tuzdi.