Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 1-son

  • Yangi yil

    Yangi yil – yangi kun!

    Yangi orzular

    Dilga ko‘char ezgu yangilik bo‘lib.

    Ona yurtimizga yangi baxt-iqbol

    Kelgani chin bo‘lsin mangulik bo‘lib.

     

    Kunga tatir, derlar tongi kayfiyat,

    Demak, shu lahzalar yil uchun tongdir.

    Bu ovoz vaqt emas, omadni chorlab –

    Bizning qalbimizda urilgan

    ...
  • Yoshlik bolalikdan boshlanadi

    Kirib kelgan yangi 2018-yil hududi keng, aholisi 32 milliondan oshib borayotgan mamlakatimizda har jihatdan oldingi yillarga o‘xshamasligi bilan keskin farq qiladi. Yil boshidanoq, bog‘cha yoshidagi bolajonlardan tortib, to keksa bobo-buvilargacha yangi bir kuch-g‘ayrat, yangi safarbarlik bilan oyoqqa turdilar. Mamlakatimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar xalqimiz har sohada yangiliklarga

    ...
  • Umr yo‘li

    Davlat va jamoat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga

     

    Raim FARHODIY

     

    (dostondan parcha)

     

    ...Bola edi aqli ziyrak,

    Kitob oldi qo‘liga.

    Atrofdagi o‘rtoqlarin

    Yetakladi yo‘liga.

    Urush yillari

    ...
  • “G‘uncha”da bayram

    Oy bolalar, toy bolalar, gazeta va jurnallarga boy bolalar! Eshitmadim, demanglar, bugun bolalar matbuotida ka-a-a-tta bayram. Nashrlarning kenjatoyi, kichiklarning erkatoyi “G‘uncha” jurnali tug‘ilgan kun. U..., aytsam ishonmaysiz, 60 yoshga kiribdi. To‘y boshida qamishdan bel bog‘lab Gulxanjon turibdi. Chunki G‘unchaoy uning eng yaxshi ko‘rgan singlisi-da. Gap shundaki, “G‘uncha”

    ...
  • Mehr berib, mehr ulashib...

    Vasila Po‘latova nomi “Gulxan” muxlislariga yaxshi tanish. Chunki Vasila opa naq 40 yil shu jurnalda mehnat qildi. Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Safar Barnoyev, Omon Matjon kabi taniqli ijodkorlar maktabida tajriba orttirdi. U xatlar hisobchisi sifatida “Gulxan” tahririyatiga kelgan har bir xatni sinchiklab o‘qir, yaxshi she’r, ertak yoki lavha, maqola bo‘lsa, darhol

    ...
  • Aldov

    Tohira opa ishga ketishga endi otlangan edi ham-ki telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab qoldi. Shoshib go‘shakni ko‘tarsa, to‘ng‘ich qizi Naimaning sinf rahbari Xolida opa ekan. Tohira opa “Tinchlikmikan”, degan xavotirda muallima bilan so‘rashdi:

    – Hoziroq maktabga kelishingizni iltimos qilaman. Ikki kun avval sinfimning uch nafar o‘quvchi qizi sababli maktab direktoriga tushuntirish xati

    ...
  • Askar o‘g‘longa maktub

    Omonmisan, bolajonginam,

    Salomatmi jo‘ra-yu do‘sting?

    Tilab menga sabr va chidam

    Debsan xatda, “Onajon, kuting”.

     

    Debsan yana, “Olmang xavotir,

    O‘zingizni asrang, Onajon!”

    Netay, bolam, onaman axir,

    Bo‘lgin deyman, doimo omon.

     

    Lovullaydi alanga misol,

    Dilginangda Vatan sevgisi.

    Yolg‘on

    ...
  • Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar

    Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay –

    El-u yurtim degan, ko‘ksi qalqonlar,

    Mudom sharaf-u shonga burkangay –

    Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

     

    Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,

    Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,

    Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,

    Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

     

    Bo‘stoniga

    ...
  • Navo sohibqironi

    Bobom – o‘zbek musiqa san’atining birinchi akademigi Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Buvioysha ona jigargo‘shalariga alla aytar, laparlar xirgoyi qilar, ertaklar so‘zlab berardi:

    Sizlar mening bog‘imsiz, suyanishga tog‘imsiz, alla,

    Qorong‘i kechalarni yondirgan chirog‘imsiz, alla,

    Uyqu ko‘zning quvvati, alla jonning

    ...
  • Mening ismim masxaraboz

    Masxaraboz kim, bilasizmi? Sizni turli hajviya va latifalar aytib kuldiruvchi qiziqchilardan farqi nimada? Har yili yangi yil kunlari sirkka borishni juda yaxshi ko‘rasiz. Ana shu quvnoq va hayratlarga boy tomoshani masxarabozsiz tasavvur qilish mumkin emas.

    Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Tutli qishlog‘ida bir bolakay bo‘lgan ekan. Shu qadar sho‘x-shodon, quvnoq ekanki,

    ...
  • Orzuimdagi robot

    Ilhom kichkinaligidan mashina o‘ynashni, ularning rasmini chizishni yaxshi ko‘rardi. Kelajakda o‘zi ixtiro qilmoqchi bo‘lgan mashinalarni karton qog‘ozdan yasashga harakat qilardi. Keyinchalik daryo va dengizlarda suzadigan kema, o‘zi gapirib harakatlanadigan robotlar yasash ham uning orzusiga aylandi. Ilhomjon bu kashfiyotlarni amalga oshirishda ustoz sabog‘i kerakligini anglab, “Barkamol

    ...
  • Yangi yil mo‘jizasi

    – Jasur, o‘g‘lim, men uz-o-oqqa ishlagani ketyapman. Yangi yilda qaytaman. Senga u yerdan nima olib kelay? – so‘radi dadasi Jasurni bag‘riga bosib. Kutilmagan savoldan Jasur shoshib qoldi. Keyin ko‘zi hovli etagidagi yaproqlari shabadada chiroyli shovullab turgan mirzaterakka tushdi. “Menga mana shu terakdek baland, rostakam archa olib keling. Hovlimizga o‘rnatamiz”, – dedi u. Ota-bola qo‘l

    ...
  • Yangi yil

    Mo‘jiza yog‘ar ko‘kdan,

    Muz oq kumushga o‘xshar.

    Yer yuziga momiq par

    Yaxmalak gilam to‘shar.

     

    Tongda qorbola yasab

    Quvonchlarga to‘lar dil.

    Hamma xursand, hamma shod,

    O‘lkamizda yangi yil.

     

    Komila HAMROYEVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Beruniy tumani 15-maktab

    ...
  • Kitob

    Qo‘lga oldim kitobni,

    So‘nmas nurli oftobni.

    Undan o‘qib o‘rgandim,

    Bilim hamda odobni.

     

    Kitob nurafshon dunyo,

    Ilm misoli daryo.

    O‘qib oshar tafakkur,

    Deymiz unga tashakkur.

     

    Sayidaziz SAMATOV,

    Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktab 6-sinf

  • Qorga aytar so‘zlarim

    Qish bag‘rida o‘zgacha olam,

    Izg‘irin ham qaynoq mehrli.

    Mo‘jizaviy osmon ostida,

    Qor yog‘moqda biram sehrli!

     

    Shodlik hissin tuydim sen bilan,

    Izg‘irinlar barchasi bekor.

    Yiroqlashib ketmagin yerdan,

    Samolarga qilma intizor.

     

    Har bir dilga hadya et sevinch,

    O‘zing kabi bo‘lsin

    ...
  • O‘rmondan xabar

    “Oy shu’lasi ostida

    Qor parchasi yaltirar,

    Daraxtlarning novdasi

    Izg‘irindan qaltirar.

     

    Quyonvoy-chi uyida

    Sabzi bilan ovora.

    Qorni ochib bo‘rivoy

    Kasal bo‘ldi bechora.

     

    Qirolimiz janob sher

    Sayr qilmoqda o‘rmonda.

    Olmaxon tashqariga

    Chiqolmasdan

    ...
  • Qor

    Zamin uzra yog‘ar oppoq qor,

    Tabiatga berib tarovat.

    Derazalar bo‘lar naqsh-nigor

    Ayoz bobo chizadi surat.

     

    Qish qahridan muzlagan anhor,

    Tabiatning tiniq ko‘zgusi.

    Lahza o‘tmay tutar olamni

    Bolalarning shodon kulgusi.

     

    So‘ngra atrof jim-jit, sukunat.

    Moviy osmon, qorday

    ...
  • Dastyorlar

    Oppoq qorli kumush qish,

    Yo‘q unda aslo tashvish.

    Dastyorlar ishlar halol

    Dekabr, yanvar, fevral.

    Hosili yomg‘ir va qor,

    Izillab izg‘ir shamol.

    Bo‘g‘otlarda sumalak,

    Ayozdan berar darak.

     

    Odina MAHAMATJONZODA,

    Toshkent shahar Sergeli tumani

    300-maktab 7-sinf

  • Yulduz

    Ko‘zlarimday yaltirar

    Ko‘kda cheksiz yulduzlar.

    Moviy qasr qizlari

    Menga ertaklar so‘zlar.

     

    Yulduzlar uchar gohi,

    Quvlashib, qochib halak.

    Men-chi yerda, bu chog‘da

    Tilayman bitta tilak.

     

    Ortimizda qolar iz

    Yonib tursin, o‘chmasin.

    Har kimning baxt yulduzi

    Peshonadan

    ...
  • Bayram zavqi

    Eshik qoqdi kumush qish,

    Bo‘ron, sovuq, qor bilan.

    Ixcham qizil qo‘lqopcham

    Esdalik eski yildan.

     

    Burni qizil Qorbobo

    Keldi tog‘lardan osha.

    Yal-yal yonar archamiz,

    Birga qiling tomosha.

     

    Sevara ABDUVAHOBOVA,

    Surxondaryo viloyati Denov pedagogika kolleji 1-bosqich o‘quvchisi

  • Qish

    Oppoq gilamin yozib

    O‘z taxtiga mindi qish.

    Yakunlandi dalada

    Yig‘im-terim, qizg‘in ish.

     

    Qor yog‘averar tinmay,

    Goho qattiq, goh sekin.

    Ayoz bobo keladi

    Esar sovuq izg‘irin.

     

    Sevinch KOMILJONOVA,

    Toshkent shahar 181-maktab 7-sinf

  • Sog‘ yurak – tog‘ yurak

    Sportchi uchun eng yuksak marra – oltin medal. Bu sharafga yetgunga qadar qancha qor-qirovli, tosh-tikanli yo‘llarni bosib o‘tish kerak. G‘alaba ortidagi mashaqqatlarga dosh berolmaganlar – mag‘lub, shuning uchun ham sport iroda va chidam tantanasidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash, ruhiy yuksalish sifatini o‘zida jamlagan taekvondo sport turi koreyschada “oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li”,

    ...
  • To‘rtko‘z

    – Bolam, g‘izillagancha do‘konga chiqib kelgin, tuz qolmapti, – dedi onasi.

    Abdurasul onasidan pulni oldi-da, G‘aybulla toshning do‘koniga yugurdi.

    – Pulni ehtiyot qil, – deb qichqirdi onasi uning ortidan.

    Abdurasul Abdulla tog‘adan bir qadoq tuz olib uyga qaytayotgandi. Usta O‘rinboy buvaning eshigi tagida chiroyli bir kuchuk o‘ralashib yurganini ko‘rdi. Yugurib borib

    ...
  • Bog‘misan bog‘

    – Eh, qaniydi daraxtdagi mana bu xurmolar o‘rnida shokoladlar osilib turgan bo‘lsaydi, – dedi Javohir daraxtdagi so‘nggi xurmolarni terib olayotgan buvisiga.

    – Qip-qizil xayolparastsan-da, Javohir, hech zamonda shokolad ham daraxtda pisharkanmi, – kuldi akasi.

    – Bu sirayam xayolparastlik emas, ukangni gapida jon bor Anvar. Dunyoda shunday daraxtlar bor, – dedi Xolida buvi. –

    ...
  • Qishda ochilgan gulim

    Men xonaki gullarni yaxshi ko‘raman. Chunki ular qahraton qishda ham chamandek ochilib, ifori bilan dilingga bahor quvonchini soladi. Biroq gulni yaxshi ko‘rganing bilan to‘g‘ri parvarish qilolmasang, ularni ko‘paytirish, gurkiratib o‘stirish mumkin emas ekan. Deraza tokchasida chamandek ochilib turgan yorongulim kutilmaganda so‘lib, gullarini tashlab yubordi. Nima qilishni bilmay qoldim.

    ...
  • Изучаем русский язык

    Aziz o‘quvchilar! Sizlardan kelgan ko‘plab maktublarni o‘qib, fikr-mulohazalaringiz bilan tanishib chiqdik. Bizga bildirgan takliflaringizni inobatga olgan holda tashkil etilgan “Изучаем русский язык” nomli sahifa rus tiliga bo‘lgan qiziqishingizni kuchaytiradi, topqirlikka undaydi, so‘z boyligingizni yanada oshiradi deb ishonamiz. Umid qilamizki, ushbu sahifaning eng faol ishtirokchisiga

    ...
  • Diqqat, tanlov!

    Kelajakda tarjimon bo‘lishni niyat qilgan, chet tillarini mukammal o‘rganishga astoydil bel bog‘lagan tirishqoq o‘quvchilar! “Gulxan” jurnali aynan siz uchun “Young translator” – “Yosh tarjimon” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovda ishtirok etib qobiliyatingizni sinab ko‘ring.

    Tanlov shartlari:

    Tarjimalarni baholayotganda mazmunning ochib berilish

    ...
  • Sirli sovg‘a

    – Bolalar, qaranglar, Sohib o‘zining gavdasini o‘zi ko‘tarolmayapti! Vah-hah-ha!

    Shodiyorning zaharli qahqahasi Sohibjonga juda og‘ir botdi. Turnikdan tusha solib, bu masxarabozning yoqasidan olmoqchi bo‘ldi. Lekin shu tobda boshqa bir bola ham shunday xoxolab kuldiki, Sohibjon qattiq mulzam bo‘lib qoldi. Chunki u – eng yaqin o‘rtog‘i Akrom edi.

    Jismoniy tarbiya darsida

    ...
  • Jasur o‘g‘lonlar

    Shiddat-la tashlar qadam,

    Sarhadda hushyor har dam,

    Kuchli, baquvvat, bardam,

    Jasur, askar o‘g‘lonlar.

     

    Xalqini tinch va ozod

    Saqlash uchun umrbod,

    Yurtga etgan qasamyod

    Jasur, askar o‘g‘lonlar.

     

    Zebo TURDIYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

    23-maktab 8-sinf

  • Vatan posboni

    Yuragida o‘ti bor,

    Qo‘rqmas sira g‘animdan.

    Shu tufayli doimo,

    Mustahkam bizning Vatan.

     

    Daxlsizdir chegara,

    Tinch doimo dovon, qir.

    Havasim kelar biram,

    Qaddi raso bahodir.

     

    Asadbek BERDIYOROV,

    Toshkent shahar Yunusobod tumani

    220-maktab 7-sinf

  • Qanot qoqqan orzular

    Nusratjon ustozidan “Yosh hunarmand” tanlovi haqida eshitdi-yu, halovatini yo‘qotdi. Kimsan, mashhur kulolchi Sobir otaning nabirasi bo‘lsa-yu, tanlovda ishtirok etmasa, uyat bo‘ladi-ya. U tanlovda qatnashadigan bo‘ldi. Bobosi ikkovlari loy pishitishdi, hushtaklar yasab olovda quritishdi, rang berishdi. Tayyor hushtakchalarni avaylab qutiga, so‘ng xaltaga solishdi.

    Birinchi soat

    ...
  • Qish tongi

    Qishning yana bir tongi otdi. Tongning kuzgi barglarni chirpirak qilib o‘ynaydigan, bir tezlashib, bir yuvosh tortib qoladigan qaysar shamoli nimadir o‘ylab terak uchida to‘xtab qoldi. Ana ko‘k yuzida oy suvda qalqqan olmadek suzib yuribdi. Tun bo‘yi chaqnab turgan yulduzlar hademay bo‘y ko‘rsatadigan quyoshning porloq nurlaridan xijolat chekkandek musaffo osmonga jimgina singib ketayapti.

    ...
  • Non haqida ertak

    Ertalabki nonushta payti. Dasturxon ustida barcha noz-ne’matlar yig‘ilishdi. Yegulik orasida qaymoq, asal, shakar va non bor edi. Ular o‘zaro bahslashar edilar.

    Qaymoq kerilib gap boshladi:

    – Sizlarga bu yerda nima bor? Menday oppoq, mazali, yoqimli qaymoq turganda, odamlar sizlarni yeyisharmidi?

    Bu gap asalga yoqmadi:

    – Hay, hay Qaymoqjon! Oppoqqina bo‘lganing

    ...
  • Tovuqli salat

    Kerakli mahsulotlar:Yarim kilogramm tovuq go‘shti, 1 bosh piyoz, yarim cho‘mich yog‘, 5 dona pomidor, 2 osh qoshiq soya, 3 dona bodring, 1 bog‘ ko‘kpiyoz va ozgina murch.

    Tayyorlanishi: Piyozni mayda qilib to‘g‘rab yog‘da qovuriladi. Tovuq go‘shtini to‘rtburchak shaklda maydalab ustiga solinadi, 2 dona pomidorni ham kichik shaklda to‘g‘rab ozgina

    ...
  • Martin pirogi

    Kerakli mahsulotlar:6 ta tuxum, 3 piyola shakar, 2 piyola qatiq, 1 piyola smetana, 250 gramm margarin, 2 choy qoshiq ichimlik sodasi.

    Tayyorlanishi: Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. Qatiq bilan smetana solib aralashtiriladi. Margarinni eritib, sovugandan keyin qo‘shiladi. 2 choy qoshiq soda va un solib bo‘tqa holiga kelguncha

    ...
  • Yong‘oqli rulet

    Kerakli mahsulotlar: 3 dona tuxum, 250 gramm margarin, 200 gramm smetana, 1 piyola shakar, 3-4 stakan un, 1 stakan yong‘oq, 1 stakan mayiz, qavartma (razrixlitel), 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, 0,5 piyola quyultirilgan sut.

    Tayyorlanishi: Un qavartma (razrixlitel) bilan aralashtiriladi va uy haroratida yumshagan margarin qo‘shilib, uqalanadi. Tuxum

    ...
  • Kartoshkali kotlet

    Kerakli mahsulotlar: 6 dona yirik kartoshka, 1 bosh piyoz, 50 gramm qiyma, 0,5 bog‘ ko‘kpiyoz, 1 dona tuxum, tuz va maydalangan qotgan non kukuni (suxari).

    Tayyorlanishi: kartoshkani suvda qaynatib olinadi va po‘stidan tozalanadi. Maxsus ezgich yordamida bo‘tqa tayyorlanadi. Piyozni halqa-halqa qilib to‘g‘rab yog‘ solingan tovada qiyma bilan

    ...
  • “Mustaqil diyor posbonlari” krossvordi

    000

    Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofida soat mili yo‘nalishida: 1. Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2. Davlat ramzi. 3. “Sardor” teleseriali qahramoni. 4. Samoga ko‘tarilish. 5. Dushmandan himoyalanish uchun zarur vosita va choralar

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.