Martin pirogi
Kerakli mahsulotlar: 6 ta tuxum, 3 piyola shakar, 2 piyola qatiq, 1 piyola smetana, 250 gramm margarin, 2 choy qoshiq ichimlik sodasi.
Tayyorlanishi: Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. Qatiq bilan smetana solib aralashtiriladi. Margarinni eritib, sovugandan keyin qo‘shiladi. 2 choy qoshiq soda va un solib bo‘tqa holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan bo‘tqani teng ikkiga bo‘lib yarmiga kakao qo‘shiladi. Qolipni yog‘lab oq va qora xamirni ustma-ust 2 qoshiqdan solinadi. O‘rta olovda 45 daqiqa pishiriladi.