Tovuqli salat
Kerakli mahsulotlar: Yarim kilogramm tovuq go‘shti, 1 bosh piyoz, yarim cho‘mich yog‘, 5 dona pomidor, 2 osh qoshiq soya, 3 dona bodring, 1 bog‘ ko‘kpiyoz va ozgina murch.
Tayyorlanishi: Piyozni mayda qilib to‘g‘rab yog‘da qovuriladi. Tovuq go‘shtini to‘rtburchak shaklda maydalab ustiga solinadi, 2 dona pomidorni ham kichik shaklda to‘g‘rab ozgina qovuriladi. 2 osh qoshiq soya solib 15 daqiqa past olovda dimlanadi.
Alohida idishda bodring, pomidor, ko‘kpiyozni to‘g‘rab, pishgan tovuq go‘shtini sovutib tuz, murch solib hammasi aralashtiriladi.