Изучаем русский язык
Aziz o‘quvchilar! Sizlardan kelgan ko‘plab maktublarni o‘qib, fikr-mulohazalaringiz bilan tanishib chiqdik. Bizga bildirgan takliflaringizni inobatga olgan holda tashkil etilgan “Изучаем русский язык” nomli sahifa rus tiliga bo‘lgan qiziqishingizni kuchaytiradi, topqirlikka undaydi, so‘z boyligingizni yanada oshiradi deb ishonamiz. Umid qilamizki, ushbu sahifaning eng faol ishtirokchisiga aylanasiz.
Sahifa talabiga ko‘ra boshqotirmalarni to‘g‘ri yechishingiz, berilgan matn (she’r, topishmoq, hikoya)larni o‘zbek tiliga to‘g‘ri va aniq tarjima qilishingiz kerak. Tahririyatga maktub yo‘llaganingizda imlo xatosiz, tushunarli va chiroyli yozishga harakat qiling. Eng to‘g‘ri tarjima va javoblar muallifi jurnalda e’lon qilib boriladi.