"Istiqlol qomusi" krossvordi
Shakl atrofidagi raqamlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning ibratli so‘zlari yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling.
Bo‘yiga: 1. XXIII bob nomidan: “...tizimi”. 2. Prezident tomonidan tayinlanadigan turli tarmoq sohalarini boshqaruvchi mansabdor shaxs. 6. Oliy Majlis deputatlari tomonidan saylanadigan, inson huquqlariga amal qilishni nazorat qiluvchi lavozim. 7. Ma’lum bir tizimga taalluqli qonunlar majmuasi. 8. O‘zbekiston Respublikasi parlamentining yuqori palatasi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston xalqi...” so‘zlari bilan boshlanuvshi qismi. 18. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash. 26. Davlatni idora qilish usuli. 27. Aniq tartib va vazifasiga, ish dasturiga ega bo‘lgan ijtimoiy, xo‘jalik birlashmasi yoki davlat muassasasi. 33. Bosh qomusimizdagi XIV bob nomi. 34. XV bob nomidan: “Ommaviy... vositalari”.
“Zanjir” holida: 3. Mamlakatning boshqaruv shakli. 4. Siyosiy partiyalardan biri. 9. Qomusimizning 46-moddasidan: “Xotin-qizlar va erkaklar... huquqlidirlar”. 10. Davlat ramzi. 11.78-moddadan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining mutlaq vakolatlari jumlasidan: “6..., valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish”. 12. Qomusimizning 3-bo‘limi nomidan: “... va shaxs”. 15. Viloyatlarning tarkibiy qismi bolgan ma’muriy-hududiy bo‘linma. 16. Ma’lum bir ish, sohani tekshirish. 17. Biror narsani tantanali suratda ommaga tanishtirish. 20.6-moddadan: “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti... shahri”. 21. “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobidan: “Bepul umumiy...olish davlat tomonidan kafolatlanadi”. 22. Konstitutsiyamizning 37-moddasidagi har bir shaxsga taalluqli huquqlardan biri. 23. Yigirma birinchi moddadan: “O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona...o‘rnatiladi”. 24. XXV bob nomidan: “Moliya va...”. 25. Siyosiy huquqlar bobidan: “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza,... va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.” 28. Muayyan davlat fuqarosi ekanligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat. 29. Istiqlol yillarida ishbilarmonlarga keng yo‘l ochilgan faoliyat. 30. Bosh qomusimizning 1-moddasidan: “O‘zbekiston –... demokratik Respublika”. 31. Davlat organiga saylash uchun belgilangan, ko‘rsatilgan shaxs. 32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan vakil.
Eniga: 5. Qomusimizning ma’lum tugallikka ega bo‘lgan har bir qismi. 14. Ijtimoiy hayotning negizini tashkil etgan narsa, negiz. 19. Fuqaro ixtiyoridagi boylik.
Diagonal bo‘yicha: 26. Bosh qomusimizning XI bobi nomidan: “Fuqarolarning... lari.” 27. XXVI bob, 125-moddadan: “O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining... hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi”.
Foziljon ORIPOV tuzdi.